“Roma” De Shiloni o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi
Rimning “Roma” klubi o‘z safiga “Milan”ning universal himoyachisi Mattio De Shiloni qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Tak’idlash lozimki, ushbu futbolchi uchun kurashda dastlab “Yuventus”ning favorit ekanligi aytilayotgan edi. Biroq, Radiogoal 24ning xabar berishicha rimliklar allaqachon futbolchining vakillari bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan.
“Roma”ning De Shiloni sotib olishga qattiq bel bog‘laganiga sabab, jamoaning ikki nafar a’zosi - Emerson Palmeri va Luka Pellegrinilar tizza paylaridan jiddiy jarohat olishgan.
Calciomercato nashrining ma’lum qilishicha, De Shiloga shuningdek “Bavariya” hamda “Liverpul” klublari ham jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Futbolchining “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi esa 2018 yilga qadar imzolagan.

Fikrlar