"Roma" va "Liverpul" Salax borasida kelishib oldi
“Liverpul” klubi “Roma” rahbariyati bilan yarim himoyachi Muxammad Salaxning transferi borasida kelishib oldi. Xabarlarga qaraganda 25 yoshli misrlik futbolchi tez orada mersisaydliklar safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Yallakora nashrining ma’lum qilishicha, Salaxning transferi “Liverpul”ga 40 mln evroga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Salax yakunlangan mavsum “Roma” safida jami 41ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 19ta gol hamda 15ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar