Ronaldu Turinga etib keldi (video)
Turinning “Yuventus” klubi yangi hujumchisi Krishtianu Ronaldu tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun jamoaning uy stadioniga etib keldi, deya xabar beradi “keksa sinora” matbuot xizmati.
33 yoshli portugaliyalik futbolchini bu erda minglab Turin klubi muxlislari iliq kutib olishdi.
Ronaldu ishtirokidagi ilk press-konferentsiya bugun 16 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30da start oladi.

Fikrlar