
Ronaldu jonli efirda Modrichni tabrikladi
“Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Instagram”dagi sahifasi orqali jonli efirda “Real”dagi sobiq jamoadoshi Luka Modrichni FIFA talqini bo‘yicha eng yaxshi futbolchi deb topilgani bilan tabrikladi.
“Modrichni eng yaxshi futbolchi mukofoti bilan tadriklayman. Saloh esa haqli ravishda Ferents Pushkash sovriniga loyiq deb topildi”, – dedi Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ning tig‘iz grafigi tufayli Londonda bo‘lib o‘tgan The Best taqdirlash marosimiga tashrif buyura olmadi.
Fikrlar