Ronalduning agenti "Real" rahbariyatini ogohlantirdi
Madridning "Real" klubi forvardi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh “qirollik klubi” rahbariyatini tez orada mijoziga "Yuventus"dan rasmiy taklif bo‘lishi haqida ogohlantirdi.
El Chiringuito nashri tarqatgan xabarga ko‘ra turinliklar tez orada 33 yoshli portugaliyalik futbolchining transferi borasida “Real”ga rasmiy taklif bilan murojaat qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq madridliklar prezidenti Florentino Peres Ronalduni 130 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormasligi haqida aytib o‘tgan edi.

Fikrlar