Sabina Moskvada muvaffaqiyatsizlikka uchradi
Rossiya Federatsiyasi poytaxti – Moskva shahrida “Kreml” kubogi turniri start oldi. Bugun mazkur turnirning saralash bosqichidan o‘rin olgan bir qator bahslar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonning birinchi raketkasi – Sabina Sharipova ham mazkur turnirda ishtirok etdi. Unga saralashda bolgariyalik Viktoriya Tomova raqibalik qildi.
1 soat 1 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda hamyurtimiz 2:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va turnirdagi yurishiga yakun yasadi.

Fikrlar