Sabina Sharipova 1 kunda 2 g‘alabani qo‘lga kiritdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, ayni kunlarda Xitoyning Guiyang shahrida ayollar o‘rtasida mukofot jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnir davom etmoqda.

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sabina Sharipova bugun ushbu turnirning yakkalik bahslari ikkinchi davrasida xitoylik Jiaxu Luga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 1 daqiqa davom etgan bellashuvda Sabina 6:2, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi. Endi hamyurtimizga chorak finalda Fang Yin-Xun(Xitoy) - Xu Liu Sun(Xitoy) qarama-qarshligida g‘olib chiqqan tennischi raqiblik qiladi.

Sharipova bugun juftlik bahslarida ham ishtirok etdi. Belaruslik Lidziya Morozava bilan duet hosil qilgan Sabina chorak finalda xitoylik tennischilardan iborat bo‘lgan Yuki Sheng/Vushuang Jeng duetiga qarshi kortga chiqdi.

Tennischilar 1 soat 4 daqiqa kortda ter to‘kishdi. Yakunda Sabina/Lidziya dueti 6:4, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!