Sabina Sharipova bir necha daqiqadan so‘ng kortga chiqadi
Mamlakatimizning birinchi raqamli ayol tennischisi Sabina Sharipova Namanganda o‘tayotgan xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etgan musobaqada Sabina kecha rossiyalik Ekaterina Vishnevskayani engib, chorak final yo‘llanmasini hal qilib qo‘ygan edi.
Sabina birozdan so‘ngi, chorak finalda rossiyalik Anna Morginaga qarshi kortga chiqadi. Ushbu uchrashuvda tennischimizga omad tilaymiz.

Fikrlar