Sabina Sharipova navbatdagi bosqichda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Namanganda ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan tennis turniri qizg‘in pallaga kirdi.

Musobaqaning chorak finalida mamlakatimizning eng kuchli tennischisi Sabina Sharipova rossiyalik Anna Morginaga qarshi kortga chiqdi. Ushbu uchrashuvda Sabina har ikkala setda 6:2, 6:2 hisobida zafar quchdi.

Endi Sabina musobaqaning yarim finalida tajribali tennischimiz Nigina Abduraimovaga qarshi kortga chiqadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!