Saul faoliyatini qaysi klubda tugatish istagi bor ekanini aytdi

  • 11 oktabr, 2018, 09:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Saul Niges o‘z faoliyatini amaldagi klubda yakunlash istagi bor ekanini ma’lum qildi.

Tecno

“Haqiqatdan ham butun umrimni “Atletiko”da o‘tkazishni va faaoliyatimni shu erda yakunlashni istardim. Ammo futbol olamida nima sodir bo‘lishi mumkinligini oldindan aytish qiyin. Agar klubda xatti-harakatlarim ma’qul kelmasa, jamoada meni yoqtirmay qolishlari mumkin”, – dedi ispaniyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Saul 2010 yildan buyon “Atletiko”da faoliyat olib bormoqda. Yozgi transfer oynasida yarim himoyachiga “Real” va “Barselona” qiziqish bildirgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!