Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

“Selta” – “Genk” o‘yiniga oid faktlar

Izohlar: 0

Bir necha soatlardan so‘ng Evropa ligasi chorak finali doirasidagi “Selta” va “Genk” jamoalari o‘rtasidagi bahs boshlanadi. Biz esa bo‘lajak uchrashuv oldidan mazkur bahsga oid eng sara faktlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

>>“Anderlext” – “Manchester Yunayted” o‘yiniga oid faktlar

>> “Bavariya” – “Real” uchrashuviga oid faktlar

>>“Yuventus” – “Barselona” uchrashuviga oid faktlar

  1. “Selta” faqatgina 2003/04 yilgi mavsumda Belgiya jamoasiga ro‘baro kelgan;
  2. O‘shanda “Selta” klubi “Bryugge” bilan EChL doirasida to‘qnash keladi. Qizig‘i har ikkala o‘yinda ham 1:1 hisobi qayd etilgan edi.
  3. “Genk” ispan jamoalari bilan 8 bor ro‘baro kelgan. Natijalar quyidagicha: 1 g‘alaba, 4 durang, 3 mag‘lubiyat;

>>EChL. Har bir bosqichdagi eng yirik hisoblar

4. “Genk” bu mavsum Ispaniyaga tashrif buyurishga ulgurdi. “Atletik” bilan bahsda belgiyaliklar 3 bor to‘p kiritgan bo‘lsalarda, yakunda mag‘lubiyatga uchrashgan – 3:5;

  1. “Selta” so‘nggi bor evrokuboklar chorak finalida 2000/01 yilgi mavsumda o‘ynagan. O‘shanda vigoliklar UEFA kubogi turniri doirasida “Barselona”ga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lub bo‘lgan;
  2. “Genk” esa ilk bor evrokuboklar chorak finalida o‘ynamoqda(2004 yil Intertoto kubogi yarim finalga chiqqanini inobatga olmasa);

>EChL. “Borussiya Dortmund” – “Monako” uchrashuviga oid faktlar

  1. “Selta” hujumchisi Yon Gvidetti Shvetsiyada o‘tadigan finalda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan 3 shveddan biridir. Qolgan ikki shvetsiyaliklar Zlatan Ibragimovich(“MYu”) va Isaak Kize-Telin(“Anderlext”)lardir;
  2. Bu mavsum mazkur turnirda “Selta” yarim himoyachisi Pablo Ernandesga nisbatan juda ham ko‘p qoida buzilmoqda. 732 daqiqa o‘ynagan Pabloga nisbatan o‘rtacha har 28 daqiqada fol ishlatilgan;

  1. Belgiya klubi bu mavsum xalqaro maydonda safarda umuman g‘alaba qozona bilmagan – 1 durang va 3 mag‘lubiyat;
  2. “Genk” “Selta” haqida Xose Naranxodan yaxshigina ma`lumotlarni olgan bo‘lsa kerak. Boisi, belgiyaliklar safiga fevralda kelib qo‘shilgan 22 yoshli futbolchi bu mavsum “Selta” safida o‘ynagan.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q