Sermahsul himoyachilar

  • 10 fevral, 2017, 22:27
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sermashul himoyachilar – bu so‘zni eshitganimizda ko‘pchilik ko‘z o‘ngida Serxio Ramos gavdalansa, ajab emas. Ammo futbol olamidagi to‘purar himoyachilar orasida Ramos zikr etilmagan. Quyida biz sizlarni ular bilan tanishtiramiz.

Tecno

Bu erda Ronaldu va Messiga o‘rin yo‘q yoxud evropaning eng yaxshi driblingchilari

Ronald Kuman – 253 ta gol

Orqa chiziq vakillari orasida sermahsullik borasida “Everton”ning amaldagi murabbiyga teng keladigani yo‘q. Kuman bundan bir muddat avval “Barselona” hujumchisi Lionel Messini jamoa safida jarima zarbalaridan eng ko‘p gol kiritgan futbolchi bo‘lgani bilan tabriklagan edi. E’tiborlisi, bu borada Messidan oldingi rekord aynan gollandiyalik sobiq futbolchiga tegishli edi. Aytib o‘tish kerak, 253 ta gol ba’zi hujumchilar uchun orzuning o‘zginasidir. To‘g‘ri, Ronald Kumanga buncha gol kiritish uchun 763 ta o‘yin kerak bo‘lganini qayd etmay ilojimiz yo‘q.

Fernando Yerro – 163

Ispaniyalik eng sermahsul himoyachi Ramos ham Pike ham emas, balki, Yerrodir. “Real” klubi afsonalaridan biri bo‘lgan Yerro hujumga biroz yaqin joyda harakat qilgani bor gap. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, Fernando Yerro 1991/92 yilgi mavsumda 26 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda Ramos tugul, “Real”ning asosiy hujumchisi Karim Benzema ham mavsum davomida shuncha gol kirita olishiga ishonch kam.

Yulduzlar fabrikasi – “Cevilya”

Loran Blan – 154

“PSJ” klubining sobiq murabbiyi faoliyatini “Monpele”da yarim himoyachi amlpluasida boshlagan bo‘lsa-da, Jahon va Evropa chempioni bo‘lgan Blan asosan markaziy himoyada o‘ynagan. Yana bir jihat, Loran Blan qay bir jamoada to‘p surmasin, o‘sha jamoa safida bitta bo‘lsa ham gol kiritishga erishgandir.

“Hamma hujumga” yoxud bu mavsum top-5 jamoalari orasida eng ko‘p gol kiritgan 5 ta jamoa

Tulio Tanaka – 114

Kelib chiqishi italiyalik bo‘lgan Markus Tulio Tanaka yurtimiz futbol ixlosmandlariga tanish desak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Tanaka Osiyo futboli tarixidagi eng sermahsul himoyachi sanaladi. Osiyoda Evropadagi singari u qadar ko‘p o‘yinlar bo‘lib o‘tmasligini inobatga oladigan bo‘lsak, Tanaka uchun ushbu natija juda ham a’lodir.

Edgardo Bausa – 109

Argentina terma jamoasining amaldagi murabbiyi faoliyati davomida Argentina, Kolumbiya va Meksika singari mamlakat jamoalarida to‘p surgan va 499 ta o‘yinda 109 ta gol kiritgan. Bu deyarli har 3 ta o‘yinda 1 ta gol demakdir.

Jon Terri – 72

“Chelsi” jamoasining tirik afsonalaridan biri bo‘lgan Terri butun faoliyati davomida 72 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Uning katta yutug‘i standart vaziyatlarda kerakli vaqtda, kerakli joyda bo‘la olganidir, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!