“Sevinch” futbolchilari terma jamoaga taklif etildi

CHERY AUTO

 

Tecno

O‘zingizga ma’lum, 21 yanvar kuni ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichiga qur’a tashlandi. Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi “B” guruhidan joy oldi. Mazkur guruhda terma jamoa Janubiy Koreya, Gonkong, Hindiston va KXDR ayollar termasiga qarshi bahs olib boradi. 

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 3-11 aprel kunlari saralash uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Ushbu musobaqaga tayyorgarlik yuzasidan, Sherali Boboqulov boshchiligidagi terma jamoa 1-10 fevral kunlari Bekobod shahrida navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.

Mazkur yig‘inga “Sevinch” jamoasining 6 nafar futbolchisi taklif etildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Sevinch”dan quyidagi futbolchilar terma jamoaga jalb etildi. Laylo Tilavova, Maftuna Jonimqulova, Kamola Riskieva, Maftuna Shoyimova, Malika Burxonova, Nilufr Qudratovadir.

Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda Qarshi shahrida yangi mavsum tayyorgarliklarini olib borayotgan “Sevinch” jamoasi, 12 fevral kunlari Toshkentga boradi. U erda ayollar o‘rtasidagi mini futbol bo‘yicha XIII O‘zbekiston chempionatining 2-tur uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!