Shahnoza Azamatova karate bo‘yicha Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Qozog‘istonning Astana shahri Kiokushinkay-kan karate bo‘yicha Osiyo chempionati bellashuvlariga mezbonlik qilmoqda. Unda qit’amizning turli davlatlari hamda O‘zbekistondan sportchilar ishtirok etishmoqda.

Tecno

Kecha xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda hamyurtimiz Shahnoza Azamatova 65 kg vaznda finalgacha etib bordi va hal qiluvchi bahsda imkoniyatni boy berib, musobaqaning kumush medali bilan taqdirlandi.

Bugungi bellashuvlarda esa yana uch nafar sportchimiz navbatdagi bellashuvlarini o‘tkazadi.

60 kg: Azamat Jambulov
-70 kg: Jalol Zoirov
+70 kg: Suhrob Jo‘raqulov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!