Shahram G‘iyosov 24 fevral kuni Meksikada mezbon bokschiga qarshi jang qiladi

  • 22.02.2019 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mahoratli bokschimiz Shahram G‘iyosov professional ringdagi ettinchi jangini o‘tkazadi. Aniqrog‘i, u 24 fevral kuni Meksikaning Tixuana shahrida mezbon bokschi Edgar Puertoga qarshi ringga ko‘tariladi.

Bokschimizning bo‘lajak raqibi Edgar Puerto esa shu kungacha 37 ta jang o‘tkazgan. Ularning 25 tasida g‘alaba qozongan (19 ta nokaut). 11 marotaba mag‘lubiyatga uchragan (5 ta nokaut) va 1 ta durangga erishgan.

Shahram G‘iyosov esa bungacha professional boksda 6 ta jang o‘tkazib ularning barchasida g‘alaba qozongan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!