
Shahram G‘iyosov qachon Toshkentga qaytishi ma’lum
Kecha AQShning Nyu-Jersi shtati, Atlantik-Siti shahrida kechgan professional boks kechasida o‘zining navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritgan Shahram G‘iyosov qachon yurtimizga qaytib kelishi ma’lum bo‘ldi.
Saytimiz xodimiga ma’lum bo‘lishicha, bokschimiz o‘tirgan samolyot ertaga 17:00 da Toshkent Xalqaro aeroportiga kelib qo‘nadi. Vakilimiznin kelishi Shahram va boks muxlislariga qiziq bo‘lishi tabiiy. Shu bois ushbu xabarni siz aziz muxlislarga etkazishni lozim topdik.
Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov professional boksdagi so‘nggi jangini meksikalik Migel Zamudioga qarshi o‘tkazib, 1 raunddayoq uni nokautga uchratgan edi. Bu uning faoliyatidagi professional boksdagi oltinchi jang bo‘ldi va hozircha barcha raqiblarini mag‘lub etib kelmoqda.
Fikrlar