
Shaxmat festivalining 5-bosqichi g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi (foto)
Joriy yilning 17-22 oktyabr kunlari respublika shaxmat federatsiyasi zalida 8,10,12 va 14 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida shaxmat festivalining 5-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bugun mazkur turnirning g‘olib va sovrindorlari ma’lum bo‘ldi va ular federatsiya tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Afruzabonu Ro‘zimatova, Alisher Umurzoqov, Komila Asomitdinova, Muzaffar Tojiboev, Sohibjon Elmurodov, Dovud Sulaymonovlar o‘z guruhlarida g‘olib bo‘ldi.
Fikrlar