Shohjahon AQShda supernokautchi bilan jang qiladigan bo‘ldi
Professional boksda o‘nta jangining barchasini nokaut bilan yakunlagan Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini AQShda o‘tkazishi haqida ma’lum qilgan edik.
Shohjahon engilmas bokschilar turnirida ishtirok etadi
Mashhur bokschimiz SPORTS.uz sayti bilan bog‘lanib, "Showtime" telekanali orqali namoyish etiladigan jangda qaysi bokschi qarshi ringga chiqishi aniq bo‘lganini ma’lum qildi.
4 avgust kuni Detroit shahrida bo‘ladigan professional boks kechasida Shohjahon Ergashev o‘zi kabi o‘nta jangning barchasini nokaut bilan yakunlagan meksikalik Xorxe Rodrigesga qarshi ringga chiqadi.
"Pibull" laqabi bilan mashg‘ur bo‘lgan meksikalik bokschi 2011 yildan buyon professional ringda boks tushmoqda va yuqorida aytilganidek, o‘nta jangning barchasini muddatidan oldin yakunlangan.

Xullas, engilmas bokschilar shousida ikki nokautchi o‘zaro to‘qnash keladi. Bo‘ladigan bellashuvda Shohjahon Ergashev omad tilaymiz!



Fikrlar