Simona Xalep birinchi davradan eng oxirgi o‘tgan tennischi bo‘ldi

  • 30 may, 2018, 15:55
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

"Rolan Garros" turnirining reglamentiga ko‘ra, bugungi kun dasturida ikkinchi davra bahslari bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq ob-havoning noqulay kelib qolishi, shuningdek, bahslarning cho‘zilib ketishi sabab birinchi davraning qator uchrashuvlari endi yakunlanmoqda. 

Tecno

Xususan, ayollar o‘rtasida birinchi saralangan tennischi ruminiyalik Simona Xalep hamda AQSh vakilasi Elison Riske o‘rtasidagi bahs bir necha daqiqa avval yakunlandi. Uchrashuvning birinchi seti Riskening 6:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Biroq qolgan partiyalarda ishonchli o‘yin namoyish qilgan Xalep ikki setda ham bir xil 6:1 hisoblarida ustun keldi.

Ta’kidlash joiz, ayrim ishtirokchilar uchinchi davra yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lgan bir vaqtda rumin tennischisi ayollar o‘rtasida eng oxirgi bo‘lib ikkinchi davraga yo‘l olgan ishtirokchi bo‘ldi. Ayni vaqtda erkaklar o‘rtasida ham kechagi dasturdan qolib ketgan qator bellashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!