Solari boshqaruvidagi "Real" 1987 yildan buyon "El-klasiko"lardagi eng yomon natijani qayd etdi
Xabaringiz bor kecha "Barselona" La Liganing 26-turida “Santyago Bernabeu”da “Real”ni (1:0) mag‘lubiyatga uchratdi.
Eslatib o‘tish lozimki “qirollik klubi” 27 fevral kunida o‘tkazilgan Ispaniya kubogi yarim final javob bahsida ham kataloniyaliklarga yuqatzgan edi.
E’tiborlisi, Santyago Solari “Real” tarixida so‘nggi 31 yil ichida qatorasiga 3ta “El-klasiko”da g‘alaba qozona olmagan ilk murabbiy bo‘ldi. Qayd etish lozimki, bungacha eng yomon natija Leo Benxakkerga tegishli edi. Uning boshqaruvidagi “Real” “Barselona”ga qarshi ketma-ket 4ta o‘yinda g‘alaba nimaligini bilmagan.
Ma’lumot uchun, “Real” ayni damda La Liga musobaqa jadvalida 48 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar