Starrij "Liverpul"dan ketmoqchi emas

  • 18.07.2018 16:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" klubi forvardi Deniel Starrij yangi mavsumda jamoa ustozi Yurgen Kloppga o‘zining nimalarga qodir ekanligini isbotlamoqchi.

“Men o‘zimni “Liverpul”da ko‘ryapman va umid qilamanki ushbu jamoaning bir qismiga aylana olaman. Yangi mavsumga tayyorgarlik yomon ketmayapti. Shu bois men o‘z ustimda ko‘proq ishlab, o‘z sport formamni tiklab olishim lozim. Yangi mavsum boshlanishini intizorlik bilan kutyapman va bu erga qaytganimdan xursandman”, - deydi Starrij.

Eslatib o‘tamiz, Starrij o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini "Vest Bromvich" safida ijara asosida o‘tkazgan va birorta o‘yinda ham gol ura olmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!