Suares VAR tizimidan norozi
“Barselona” hujumchisi Luis Suares “Ueska”ga qarshi kechshag Ispaniya chempionati 3-tur o‘yinida hakamlarning video yordamchisi tizimiga (VAR) o‘z noroziligini bildirgan. Urugvaylik futbolchi bu o‘yinda dubl qayd etdi.
Uning gollaridan biri qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng hisobga olindi.
– Qachonki senda VAR sababli shubha bo‘larkan, adrenalin va golni nishonlash istagi yo‘qoladi, – deydi Suares o‘yindan so‘ng. – Bu quvonchli emotsiyaga zarbadir. Hammasi shunday nazorat qilinsa, sening hato qilishga haqqing qolmaydi.

Fikrlar