Suriya tarixida ilk durang, ikkinchi "qizil" va boshqa qiziqarli faktlar
Xabaringiz bor bugun Osiyo kubogining "B" guruhi ikkinchi juftligida Suriya Falastinga qarshi bahs olib bordi. Ushbu bahs 0:0 hisobida yakunlandi.
Quyida ushbu jamoalarning Osiyo kubogidagi ishtiroki haqida qiziqarli faktlar bilan tanishtirib o‘tamiz.
- Falastin terma jamoasi Osiyo kubogida birinchi marta quruq o‘yin o‘tkazdi. Ular 2015 yilgi Avstraliyada o‘tgan qit’a chempionatida jami 11 marotaba gol o‘tkazib yuborgan edilar;
- Suriya terma jamoasi shu paytga qadar o‘tkazilgan Osiyo chempionatlarida birinchi bor durang natija qayd etdi (14 o‘yin, 5 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat). Ular so‘nggi bor 1984-yili Qatar bilan 1-1 hisobidagi durangga imzo chekkan edi;
- Falastin raqib darvozasiga biror marotaba aniq zarba yo‘llay olmagan holda 2015-yilgi BAA natijasini qayd etdi. O‘shanda amirliklar Eron darvozasi tomon aniq zarba bera olmagandi;
- Falastin terma jamoasi o‘zining nohush an’anasiga «sodiq» qolgan holda, quyidagi natijani qayd etdi. Falastinliklar ketma-ket ikkinchi bor Osiyo kubogining dastlabki uchrashuvida qizil kartochka bilan «siylandi». 2015-yilda Falastin vakili Ahmed Mahajna guruh bosqichining ilk uchrashuvida maydonni erta tark etgan edi.

Fikrlar