“Tashkent Challenger”. Hamyurtlarimiz juftlik bahslarida mag‘lub bo‘lishdi
Ayni kunlarda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida mukofot jamg‘armasi 150 000 AQSh dollarini tashkil etadigan “Tashkent Challenger” turniri davom etmoqda.
Mazkur turnirning juftlik bahslarida ham bahslar bo‘lib o‘tmoqda. Hamyurtimiz Denis Istomin rossiyalik sherigi Mixail Elgin bilan ilk davrada Jeyms Serretani(AQSh)/Mark Polmans(Avstraliya) duetiga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 32 daqiqa davom etgan bahsda Denis/Mixail dueti 4:6, 6:7 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Hamyurtlarimiz Temur Ismoilov va Shonig‘mat Shofayzievdan iborat duet esa Mirza Bashich(Bosniya va Gertsegovina)/Matsui Toshixide(Yaponiya) duetiga qarshi kortga chiqib, 1 soat ichida 2:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va turnirdagi yurishiga yakun yasadi.

Fikrlar