“Tashkent Challenger”. O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi turnirni tark etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni kunlarda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida mukofot jamg‘armasi 150 000 AQSh dollarini tashkil etadigan “Tashkent Challenger” turniri davom etmoqda.

Hozirgina markaziy kortda O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi – Sanjar Fayziev bosniya va gertsegovinalik Aldin Setkichga qarshi bahs yuritdi.

1 soat 33 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda tennischimiz ilk setni tay-breklarda boy berdi. Ikkinchi setda esa 6:4 hisobida mehmon tennischi g‘alaba kozondi va Sanjar turnirni tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!