Terrining Rossiyada qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi
Britaniya nashrlari faoliyatini Moskvaning “Spartak” klubida davom ettirishi aytilayotgan himoyachi Jon Terrining rus jamoasida qancha maosh olishini aniqlashdi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 37 yoshli futbolchi moskvaliklar bilan “1+1” ko‘rinishida shartnoma imzolaydi va yiliga 2 million evro maosh oladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra Terri “Spartak” safida muvaffaqiyatli tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.
Fikrlar