The Herald: Rojers - "Lester"ning yangi bosh murabbiyi

  • 26.02.2019 16:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Shotlandiyaning “Seltik” klubi bosh murabbiyi Brendan Rojers APLga qaytmoqda.

The Herald nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 46 yoshli mutaxassis “Lester”ni boshqaradi. U ayni damda “Seltik” qarorgohini tark etgan. U o‘zi bilan birga yordamchilari Kolo Ture va Kris Devislarni ham APLga olib kelmoqda. Ushbu ikki mutaxassi Rojers bilan birga “Lester”dagi murabbiylar shtabida ish boshlaydi.

O‘z navbatida Rojersning “Seltik”dagi o‘rnini jamoa tarkibida faoliyat olib borayotgan Nil Lennon egallaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!