To‘lqin Qilichev: O‘zbekiston chempionatidan so‘ng terma jamoamiz tarkibi 60-70%ga o‘zgaradi

  • 7 oktabr, 2017, 11:55
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Aktau shahrida Shokir Boltekul xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirga O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkib bilan yo‘l olgan edi va vakillarimiz 9 nafari musobaqaning yarim finaliga qadar etib kelishdi. Terma jamoamiz ustozi To‘lqin Qilichev aktausport.kz ga  bergan intervyusida jamoaning 2017 va 2018 yillarga mo‘ljallangan maqsad hamda vazifalari haqida to‘xtalib o‘tdi.

– Aktauga jamoayingiz birinchi raqam ostida tashrif buyurishdi, bu nima bilan bog‘liq va turnir oldidan qanday vazifalar qo‘yilgan edi?

– Mangistau viloyati bilan iliq munosabatlar yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekitson terma jamoasi musobaqaning doimiy ishtirokchisi hisoblanadi. Bu turnirda har yili MDH va ularga yaqin davlatlardan eng kuchli bokschilarni o‘ziga chorlaydi. O‘z vaqtida bu musobaqada bizning nomdor bokschimiz Olimpiada sovrindori Rustam Saidov ham qatnashgan. Muhtaram Marat Jakiev shaxsan bizni yubiley turniriga taklif qildi va biz murabbiylar shtabi bilan kelishib kuchli tarkibni olib kelishga qaror qildik. Yigitlar oldiga aniq medallar vazifasi qo‘yilmadi. Ularga vatanimiz, o‘zbek boksi sharafi uchun ringga chiqishlari aytilgan. Buning uchun bor imkoniyatlarini ishga solib, ko‘proq oltin medallarni jamg‘arish zarur.

– Turnirga Do‘smatov, G‘iyosov, Meliqo‘ziev kelishmadi. Sababi nimada?

– O‘zingizga ma’lum, Gamburgdagi jahon chempionatida ular finalgacha etib borishdi va hari biri 3-4 tadan jang o‘tkazishdi. Ular dam olishlari kerak va yurtimizda ular ishtirok etishlari kerak bo‘lgan ko‘plab madaniyat va sport tadbirlari bor.

– Yozda Astanada o‘tgan boks bo‘yicha Prezident kubogida O‘zbekiston termasi 3-4 tarkib bilan ishtirok etdi. Nima uchun Astanaga etakchilar kelishmadi?

– O‘sha vaqtda etakchilar Gamburgdagi jahon chempionatiga tayyogarlik ko‘rishayotgan edi. Mashg‘ulotlar jarayoni qizg‘in pallaga kirgan payt edi. Jamoa yuqori jangovar tayyorgarlikda edi. Milliy terma jamoa boks tili bilan aytganda kazarmadagi holatga o‘tgan edi (kuladi) va shuning uchun aralash tarkibni yubordik.

– Mish-mishlarga ko‘ra, terma jamoaning hozirgi tarkib a’zolaridan ko‘pchiligi professional boksga o‘tishni rejalashtirmoqda. Bu haqiqatga qanchalik to‘g‘ri keladi? Ularning nomlarini ayta olasizmi?

– Ha, bu haqiqat, terma jamoamiz etakchilarining ko‘pchiligi professional ringda kuchini sinab ko‘rishmoqchi. Har kimning o‘z tanlovi bor. Hayotdagi maqsadi va boshqalar. Agar ular shuni xohlashsa, biz ularni ushlab o‘tirmaymiz. Har qanday holatda xursand bo‘lamiz. Okeanorti (AQSh) promouterlik tashkilotlari Murodjon Axmadaliev, Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziev, Isroil Madrimov va boshqa bokschilarizga qiziqish bildirmoqda, ammo yana bir bor aytaman noyabr oxirida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi va chempionat yakunlaridan so‘ng kimning professional boksga o‘tishi yoki qolishi aniq bo‘ladi. Bundan tashqari chempionatdan so‘ng terma jamoamiz takribi 60-70 %ga o‘zgaradi.

– Siz aytdingizki, tarkib 60-70 %ga o‘zgaradi. Demak, O‘zbekiston terma jamoasi hozirgi tarkibni almashtirish uchun yaxshi va kuchli zaxira tarkibga ega ekanda?

– So‘zsiz, termada raqobat bo‘lib kelgan va bo‘ladi. Bizda iqtidorli yoshlar ko‘p. Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida bokschilarimiz oltin medallar bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, Bilolbek Mirzarahimov 2016 yilgi jahon chempionati kumush medali sohibi, Otabek Xolmatov va boshqa ko‘plab bokschilarimiz terma jamoamizning etakchilari bo‘lishga tayyor.

– Aktaudagi turnir chorak final janglaridan so‘ng 9 nafar o‘zbekistonlik bokschi yarim finalga yo‘l olishdi. Bu kutilganmidi yoki tasodifmi?

– Federatsiyamiz rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ldi. Yangi rahbar Sherzod Toshmatov bizni qo‘llab-quvvatlaydi va mamlakatimizda boksni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni amalga oshiradi. Bu musobaqaning yarim finaliga 9 nafar bokschimizning etib kelishi tasodifdan ko‘ra, tezroq kutilgandir. Qachon barcha uyushqoqlik bilan harakat qilinsa, bu natija beradi.

Askar Agataev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!