To‘rt vazn toifasining sobiq jahon chempioni xibsga olindi

  • 27 dekabr, 2018, 11:40
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

To‘rt vazn toifasining sobiq jahon chempioni Edrien Broner yana navbatdagi mojaroning markazida. 23 dekabr, yakshanba kuni bokschi Floridada xibsga olingan. Bunga Bronerning bir necha marta ketma-ket sudga kelmagani sabab bo‘lgan.

Tecno

Edrien Bronerga qarshi sud jarayoni 2017 yilning dekabr oyida boshlangan. Sportchi haydovchilik guvohnomasimiz avtomobil boshqargani, tezlikni oshirgani va sug‘urta yo‘qligi bo‘yicha ayblanmoqda. Shundan so‘ng u ishlarin orqaga surib kelmoqda. Aynan shu sabab joriy yil iyulida xibsga olingan edi.

Avvalroq matbuotda qimmatbaho buyumlar kompaniyasi 29 yoshli amerikalik bokschining 1,15 mln dollar miqdorida xarid uchun pul to‘lamaganligini da’vo qilayotgani xabar qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!