"Tottenxem" futbolchisi faoliyatini Xitoyda davom ettiradigan bo‘ldi
Londonning "Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Mussa Dembele faoliyatini Xitoy Superligasida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 31 yoshli belgiyalik futbolchi bundan buyon "Beytszin Guoan" klubi sharafini himoya qiladi. Qayd etish lozimki, “shporlar” ushbu transferdan 9 million funt ishlab olishadi.
Eslatib o‘tamiz, Dembelening “Tottenxem” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etar edi.
Ma’lumot uchun, Dembele londonliklar safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U joriy mavsum APLda 10ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar