TsSKA o‘z tarixida ikkinchi marta kamchilik bo‘lib EChLda g‘alaba qozondi
Kecha UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 2-turida TsSKA o‘z maydonida “Real”ni (1:0) mag‘lubiyatga uchratdi.
Biroq, uchrashuvning 90-daqiqasida hakam moskvaliklar darvozaboni Igor Akinfeevga qizil kartochka ko‘rsatib maydondan chetlatdi. Ta’kidlash kerakki, 32 yoshli posbon TsSKAning Chempionlar ligasida qizil kartochka olgan 6-futbolchisiga aylandi.
E’tiborlisi, “armiyachilar” o‘z tarixlarida 2-marta EChLda kamchilik bo‘lib g‘alaba qozonishdi. Ular bundan avval 2004 yil PSJni bir kishi kam bo‘lib mag‘lubiyatga uchrata olishgan edi.
Fikrlar