
UFC Fight Night 143. Dillashou mag‘lub bo‘ldi va boshqa natijalar
Kecha Bruklinda UFC Fight Night 143 turniri bo‘lib o‘tdi. Turnirning asosiy jangida Genri Sexudo Ti Jey Dillashou bilan kuch sinashdi.
Asosiy kard uchrashuvlari natijalari:
Genri Sexudo bellashuvning birinchi raundida yoq Ti Jey Dillashouni texnik nokautga uchratib g‘alaba qozondi;
Allen Krauder Greg Xardi bilan kuch sinashdi, biroq Xardi tizzasi bilan taqiqlangan zarba bergani uchun diskvalifikatsiyaga uchradi;
Gregor Gillespi ikkinchi raundda Yansi Medeyrosni texnik nokautga uchratdi;
Dastin Ortisa hakamlar qaroriga ko‘ra Jozef Benavidesga imkoniyatni boy berdi. (29-28, 29-28, 29-28);
Peydj VanZant Reychel Ostovichni bellashuvning ikkinchi raundida og‘ritish usuli bilan mag‘lub etdi.
Fikrlar