
Ugo Loris: O‘zimizga o‘zimiz muammo tug‘dirdik
“Tottenxem” jamoasi darvozaboni Ugo Loris “Vulverxempton”ga qarshi (3:2) kechgan APL 11-tur o‘yinidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Vulverxempton” bilan o‘yinda o‘zimizga o‘zimiz muammo to‘g‘dirdik. 3:0 hisobida oldinda borayotgan edik, ammo nazoratni yo‘qotdik. Raqib yaxshi jamoa ekanini ko‘rsata oldi. Lekin biz sovuqqonlikni saqlashimiz lozim edi.
Albatta, g‘alabadan mamnunman. Biroq “quruq” o‘yin o‘tkaza olmaganimizdan afsusdaman. Mavsum hali oldinda, ishlashda davom etish kerak”, – dedi frantsiyalik darvozabon.
Fikrlar