
"Uotford" bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Angliyaning “Uotford” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Xaver Grasiya bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra APL klubi 48 yoshli ispaniyalik mutaxassisga 2020/21 yilgi mavsum so‘nggiga qadar tuzilgan yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Grasiya “Uotford”ni 2018 yilning yanvaridan buyon boshqarib kelmoqda. Ayni damda ushbu jamoa premer-ligada 8-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar