“Uzbek Tigers” jamoasining WSB VII mavsumidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

  • 01.12.2016 10:41
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha, 30 noyabr kuni Shveytsariyaning Jeneva shahrida Butunjahon boks seriyasining (WSB) navbatdagi VII mavsumiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Dekabr oyida musobaqaga ishtirok etuvchi jamoalarga bokschilar tanlab olinadi.

VII mavsum reglamentiga ko‘ra, 12 jamoa 3 geografik mintaqa – Evropa/Afrika, Osiyo va Amerikaga bo‘lingan holda bellashuvlarga kirishadi.

WSB CUP

“A” guruhi
1. Argentina Condors
2. Cuba Domadores (VI mavsum chempioni)
3. Colombia Heroicos
4. Venezuela Caciques

“V” guruhi
1. Morocco Atlas Lions
2. Italia Thunder
3. France Boxing Team
4. British Lionhearts

“S” guruhi
1. Russian Boxing Team
2. China Dragons
3. Astana Arlans Kazakhstan
4. Uzbek Tigers

WSB VII season groups

Shunday qilib, yuqoridagi guruh ishtirokchilari o‘zaro pley-off yo‘llanmasi uchun bir-birlari bilan to‘qnash kelishadi. Agar pley-offda 5-5 hisobida durang qayd etilsa, tay-brekka quyidagi vazn toifasidagi bokschilar jalb qilinadi:

Chorak final uchun +91 kg vazndagi bokschilar;
Yarim final va final uchun 52 kg vazndagi bokschilari.

VII mavsumning ilk bellashuvlari fevral oyida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Pley-off may oyidan boshlansa, final iyun oyiga rejalashtirilmoqda.


Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumdan o‘z ishtirokini boshlagan “Uzbek Tigers” jamoasi yurtimiz sharafini himoya qilib, musobaqaning yarim finaliga qadar etib kelgan.

Bundan tashqari 4 iyun kuni VI mavsum final bahslariga Toshkent shahri mezbonlik qilgan. “O‘zbekiston” sport majmuasidagi final janglarida Kubanning “Cuba Domadores” jamoasi Buyuk Britaniyaning “British Lionhearts” jamoasi bokschilarini 9:1 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

WSB VII season chempions

Ma’lumot uchun: WSB butun dunyoda 10 vazn toifasida eng yaxshi havaskor bokschilar o‘rtasida professional darajadagi musobaqa hisoblanadi. WSBning barcha bokschilarida o‘z yurti sharafini himoya qiladi. Har bir jangda g‘oliblar professional boksdagi kabi uchta hakam tomonidan qo‘yilgan ochkolar bo‘yicha aniqlanadi. Shuningdek, bunda nokaut, texnik nokaut yoki rad etish ham mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!