
"Valensiya" Chicharitoni ijaraga oladi
Londonning “Vest Xem” klubi hujumchisi Xaver Ernandes (Chicharito) “Valensiya”ga o‘tishga rozi bo‘ldi.
Levante-emv tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘rshapalaklar” 30 yoshli meksikalik futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga olishmoqchi. Endi faqat ikki klub o‘zaro bu masalada kelishuvga erishsa bas.
O‘z navbatida “Valensiya” Chicharitoni olib kelish bilan birga, qishki transferlar davrida ikki hujumchisi - Kevin Gameyro va Mishi Batshuayilar bilan hayrlashmoqchi. Ularning birinchisiga “Monako”, ikkinchisiga esa “Roma” xaridor bo‘lmoqda. Ammo, Batshuayining transfer huquqi “Chelsi”ga tegishli.
Fikrlar