
Venger jahon chempionatiga chiqa olmagan Sanchesning o‘rniga jahon chempionini olib kelmoqchi
Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger jamoani tark etishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan hujumchi Aleksis Sanchesning o‘rniga munosib futbolchi topib qo‘ydi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra frantsiyalik mutaxassis PSJ klubi va Germaniya terma jamoasi hujumchisi Yulian Drakslerga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ushbu transfer “kanonirlar” uchun 45 mln evroga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Drakslerga “Liverpul” klubi ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar