
"Vest Xem" Chicharitoni "Valensiya"ga sotishni xohlamadi
Londonning "Vest Xem" klubi o‘zining meksikalik forvardi Xaver Ernandesni (Chicharito) "Valensiya"ga qo‘yib yuborishni istamadi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “ko‘rshapalaklar” 30 yoshli futbolchi uchun “bolg‘achilar”ga 8 mln evro taklif qilishgan, ammo yakunda rad javobini olishgan.
Ma’lumot uchun, Chicharito joriy mavsum APLda jami 16ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar