Vunderkind Maykl Ouenning rekordini yo‘qqa chiqardi
"Liverpul" futbolchisi Benjamin Vudbyorn klub tarixiga bosh jamoa uchun gol urgan eng yosh futbolchi sifatida kirdi.
Angliya liga kubogi chorak finalida liverpullliklar "Lids" jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Vudbyorn 81-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Gol urilgan vaqtda Benjamin 17 yoshi 45 kunlik edi va bu rekord sifatida qayd etildi.
Avvalgi rekord mashhur hujumchi Maykl Ouenga tegishli edi. Ouen 1997 yilda "Uimbldon" darvozasiga gol urganida 17 yoshi 143 kunlik bo‘lgan.
- Mening yana bir rekordimni urishdi, - deb yozadi Maykl Ouen. - Vudbyornni tabriklayman.

Fikrlar