WBC Golovkin va Alvares revansh jangiga ruxsat berdi

  • 03.10.2017 22:20
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Butunjahon boks uyushmasi (WBC) boshlig‘i Maurusio Suleyman so‘zlariga ko‘ra, tashkilot Gennadiy Golovkin va Saul Alvares o‘rtasidagi revansh jangga ruxsat berdi. Hozirda jang 2018 yil 5 mayga rejalashtirilmoqda.

Bugun WBC Gennadiy Golovkin va Saul Alvares revansh jangiga ruxsat berdi. Bu to‘qnashuvni butun jahon ko‘rishni istaydi. Shuningdek, bokschilar buni matbuotda e’lon qilishimizni ham istamoqda, – deya Suleymanning so‘zlarini keltiradi sports.kz. – Gennadiy ikki katta sahnaga chiqishni kutdi. Bu 16 sentyabr kuni “Kanelo” bilan jangda bo‘ldi. U ringga yashil kamar bilan chiqdi va uni eng yaxshi janglarning birida himoya qildi. Biz bu jangni so‘nggi yillarda ko‘rishni juda istagan edik.

Eslatib o‘tamiz, Golovkin va Alvares birinchi jangda 12 raund kurash olib bordi. Hakamlar qaroriga ko‘ra, jang durang bilan yakunlandi va qozog‘istonik bokschi WBA, WBC va IBF chempionlik kamarlarini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!