WSB: Isroil Madrimov raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

CHERY AUTO


“Uzbek Tigers” va “Patriot Boxing Team”jamoalari o‘rtasida davom etayotgan janglarning uchinchisi ham o‘z yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda 75 kg vaznda ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Isroil Madrimov Rajab Rajabov bilan bahs olib bordi. 

Qiziqarli kechgan qarama-qarshilikda bokschimiz “Uzbek Tigers”ning bugungi g‘alabali seriyasini davom ettirdi va oradagi farqni 3:0ga etkazdi. 50:45, 50:45, 50:45.

Endi ringga ushbu boks kechasining eng og‘ir vaznli bokschilari Zuhriddin Mahkamov Zuxriddin - Islom Tekeev Islam taklif etiladi.

Tecno

Bir oz avval Abdulhay Shoarhmatov va Elnur Abduraimov ham g‘alaba qozongan edi.

Saytimizdan uzoqlashmang, janglardan matnli onlayn translyatsiyani quyidagi link orqali kuzatib borishingiz mumkin.

The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi chempionatining VII fasl uchinchi bosqich tarkibida O‘zbekiston sha’nini himoya qiluvchi bokschilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimda ringga chiqdilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!