Xarri Keyn "Tottenxem"da o‘zining 60-golini kiritib, va jamoa rekordini o‘rnatdi
Londonning "Tottenxem" klubi hujumchisi Xarri Keyn biroz avval yakunlangan "Vest Bromvich"ga qarshi bahsda o‘z hisobiga gollar yozdirib qo‘yishga erishdi.
Ta’kidlash kerakki Keyn "Tottenxem" tarkibida 100tadan kam o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 60ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan birinchi futbolchi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Xarri bugun "shporlar" safida 99-o‘yinida maydonga tushdi va xet-trikka erishdi.
Eslatib o‘tamiz, "Tottenxem" bugungi o‘yinda "Vest Bromvich"ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Fikrlar