Yozgi transfer bozorining omadli va omadsizlari

  • 2 sentabr, 2018, 11:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Evropada yozgi transfer bozori yopildi. Shu munosabat bilan Goal nashri transfer bozorining omadli va omadsizlari borasida fikr yuritdi.

Omadli: “Barselona”

Yoz “Barselona”chalik boshqa biror jamoa uchun muvaffaqiyatli kechmadi. Kataloniyaliklar ikkita muhim transferni “ilib ketdi”. O‘ziga kerak bo‘lmagan futbolchilarni esa “Everton”ga pulladi.

“Inter” katta qiziqish bildirgan Arturo Vidal “Juzeppe Meatstsa”ni emas “Kamp Nou”ni tanlashga qaror qildi. “Real”dan Luka Modrichni olib kelishga bo‘lgan intilish esa besamar yakunlandi.

Shuningdek, “ko‘k-anorranglilar” “Roma”ga shartnoma imzolash uchun ketayotgan Malkomni ham “yo‘ldan urdi”. Xullas, klub tarkibni ancha kuchaytirib oldi.

Malkom Valverdening hujum chizig‘ini jiddiy kuchaytiradi. Veteran Vidal esa katta tajribasi bilan yosh hamkasbi Artur ikkalasi yarim himoyani mustahkamlashga yordam beradi.

36 million evro evaziga himoyani kuchaytirish uchun Kleman Langle olib kelindi.

Qishda 12 million evro evaziga kelgan Yerri Mina “Everton”ga 30 millionga sotib yuborildi. “Everton” umuman olganda haridlarni birato‘la ko‘tarasiga “Barselona” bilan kelishdi-qo‘ydi. Ingliz jamoasi 20 million evroga chap qanot himoyachisi Lyuka Din va 2.25 million evro evaziga esa “keraksiz matoh”ga aylangan Andre Gomeshni qo‘shib oldi.

“Sevilya” esa 8.5 million evroga Aleysh Vidalni qaytardi. “Sassuolo” esa Marlon uchun 6 million evro to‘ladi. Kelasi yili stadionni ta’mirdan chiqaradigan klub uchun barchasi muvaffaqiyatli kechdi.

Biroq Pako Alkaserning “Borussiya Dortmund”ga ketishi va Luis Suaresga raqobatchilarning bittaga kamayishi muammo tug‘dirishi mumkin. Biroq tarkib ancha keng va “Barsa” bu muammoni ham echimini topishiga shubha yo‘q.

Omadli: A Seriya

A Seriyaning millionlab muxlislari qatorida Kristian Veri ham Krishtianu Ronalduning “Yuventus”ga o‘tganini eshitgach o‘z xursandchiligini yashira olmadi. “Italiya futboli uchun bu transer lotereyadan yutuq chiqqandek gap” – dedi “Inter”ning sobiq vakili.

Albatta bu transfer italyan futbolining moliyaviy imkoniyatlarini ham yaxshilashi aniq. Turinliklar yangi yulduzining futbolkasini sotishdan tashqari A Seriyaning translyatsiya xuquqlarini sotib olish bo‘yicha takliflarning ortishi bu ancha ijobiy transfer bo‘lganining isbotidir.

Omadli: “Liverpul”

“Liverpul” qishda himoyachi uchun katta pul to‘lab jahon rekordini o‘rnatgan edi. O‘shandan olti oy o‘tib, iyul oyida u darvozabon uchun jahon rekordidagi pulni to‘ladi.

Xo‘sh, Alisson va Virgil Van Deyk uchun mos ravishda 56 million funt va 75 million funt to‘lagani uchun sanktsiyalar qarshisida qolib ketadimi? “Qizillar” shuningdek, Nabi Keyta uchun 57 million funt to‘ladi.

Biroq bu uch transfer klubning eng zaif nuqtalarni yopdi. Klopp etirof etganidek, “sifat ma’lum narxga ega.” Hech kim buncha pul sarflagan “Liverpul”ni ayblay olmaydi. Ular yangi mavsumning uchinchi turidan keyin 100 % natija bilan peshqadamlik qilmoqda. Ular faqatgina bir marta o‘z darvozalaridan gol o‘tkazib yuborgan.

Omadsiz: “Real Madrid”

“Real” muxlislari Krishianu Ronaldu Zinedin Zidan ortidan klubni tark etganidan keyin klub prezidenti Florentino Peresdan yangi super-transferni kutishgan edi.

Faqatgina Tibo Kurtua “Chelsi”dan olib kelindi. Belgiyalik posbon UEFA talqini bo‘yicha o‘tgan mavsumning eng yaxshi darvozaboni bo‘lgan Keylor Navasga raqobatchilik qilishi kerak. Mavsum startida u hatto Xulen Lopetegi qo‘li ostida maydonga tushirilgani ham yo‘q.

Klubni esa Mateo Kovachich tark etdi. U Kurtua transferining bir qismiga aylandi.

“Qirollik klubi” o‘z etakchisi Modrichni saqlab qoldi. Ammo klubga yangi “galaktika” qurish uchun – Neymar, Mbappe, Azar yoki Keynlar kelgani yo‘q.

Uning o‘rniga yangi mavsumni 7-raqam ostidagi Mariano Dias bilan boshlaydi. Klub o‘z tarbiyalanuvchisini o‘tgan yili “Lion”ga 8 milliong evroga sotib yuborgan edi.

25 yoshli hujumchi 1 Ligada o‘zini ko‘rsata oldi. 34 o‘yinda 18 gol – ajoyib statistika. Biroq “qaymoqranglilar” muxlislari kutgan tranfser bu emasdi.

Omadsiz: Joze Mourino

Dushanba kungi “Tottenxem”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin Mourinoning jurnalistlardan hurmat so‘rashi kulgili bo‘ldi. Butun faoliyati davomida raqib futbolchilari va murabbiylardan tortib hakamgacha “o‘yib oladigan” mutaxassis endi boshqadan hurmat qilishni so‘ramoqda.

Boz ustiga klub ichida beqarorlik hukmron. Bunga Mourino istagan yarim himoyachini olib kelishni Ed Vudvord bajara olmadi. Bu esa OAV orqali bir-birini tanqid qilish bilan davom ettirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!