
“Yuventus” PSJga Aleks Sandroning narxini e’lon qildi
Turinning “Yuventus” klubi PSJga o‘zining braziliyalik himoyachisi Aleks Sandroning narxini e’lon qildi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” 27 yoshli futbolchisi uchun parijliklardan 50 mln evro so‘ramoqda. O‘z navbatida PSJ esa turinliklarga bundan 10 mln kam, ya’ni 40 mln evro taklif qilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda PSJ bu borada Aleks Sandroning o‘zi bilan allaqachon shaxsiy kelishuvga erishib bo‘lgan. Unga ko‘ra Sandro Parijga o‘tsa, yiliga 4,5 mln evro maosh olishi mumkin.
Fikrlar