"Yuventus" ashaddiy raqibi "Milan"dan futbolchi oladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
 
"Yuventus" klubi Italiya futbolidagi ashaddiy raqibi "Milan" futbolchisini o‘z tarkibiga qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Muzokaralarga kirishishdan avval Turin klubi rahbariyati "Milan"da to‘p surayotgan himoyachi Mattia De Shiloni kelajakda o‘z safiga o‘tishga ko‘ndirishi kerak. Keyin rasmiy muzokaralarga kirishiladi.
Italiyaning ikki klubi De Shilo bo‘yicha kelishuvga erishgan taqdirda ham bu transfer 2016-2017 yilga mavsum yakunlangach amalga oshiriladi.
"Milan" bilan 2018 yilning yozigacha shartnomaga ega bo‘lgan himoyachining transfer summasi 8,5 million evroni tashkil qilmoqda.
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!