“Yuventus” germaniyalik himoyachini sotib olishga urinib qo‘radi
Turinning “Yuventus” klubi “Shalke-04” jamoasi himoyachisi Sead Kolashinatsni sotib olishni ko‘zlamoqda.
Turin superklubi 23 yoshli germaniyalik futbolchi uchun “Shalke”ga 5 million evrolik (shundan 3 millioni darhol, qolgan 2 millioni esa bonus sifatida) taklif yuborgan. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, Kolashinats bu mavsum Bundesliganing 12ta uchrashuvida maydonga tushgan. E’tiborlisi, u himoyachi bo‘lishiga qaramay o‘z hisobiga 2ta gol va 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar