"Yuventus" yozda "Atletiko" himoyachisini tekinga qo‘lga kiritmoqchi

  • 20 dekabr, 2018, 15:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi "Atletiko" himoyachisi Filipe Luis uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “keksa sinora” Luisni yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Aleks Sandroning o‘rniga munosib ko‘rmoqda. Qayd etish lozimki, braziliyalik futbolchining “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi va shundan so‘ng u erkin agentga aylanadi. “Yuve” esa bunday imkoniyatdan foydalanib tajribali himoyachini tekinga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Ta’kidlash lozimki, 33 yoshli futbolchi uchun shuningdek "Milan" va "Inter" kabi A Seriyaning bosh bir grand klublari ham da’vogarlik qilishmoqda.

Ma’lumot uchun, Filipe Luis joriy mavsum “Atletiko” safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!