Zidan Beylning tezroq tuzalishiga umid qilmoqda
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa vingeri Garet Beylning tezroq tuzalib, safga qaytishiga umid qilmoqda.
“Beyl bugun “Sporting”ga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi. Biz avvalo uning jarohati qanchalik jiddiy ekanligini aniqlashimiz kerak. Buning uchun shifokorlar Beylni har kuni kuzatib borishmoqda. Uning “Bavariya”ga qarshi uchrashuvda ishtirok etish yoki etmasligi ma’lum emas. Umid qilamanki, Garet tezda sog‘ayib ketadi”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Sporting" Xixon va "Real" Madrid klublari bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:15da start oladi.
Beyl "Bavariya"ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin
"Bavariya" o‘z maydonida "Real"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi

Fikrlar