
Zidan MYu bosh murabbiyiga aylansa jamoaga kimni olib keladi?
Le12sport xabariga ko‘ra, frantsiyalik mutaxassis hamyurti Antuan Grizmanni Manchesterga olib kelmoqchi. Ilgariroq Zidan murabbiylik faoliyatiga qaytishi va "Manchester Yunayted"ni boshqarishga tayyor ekanligi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasi vaqtida Grizmann 100 mln evro evaziga "Barselona"ga ko‘chib o‘tishi mumkin edi, ammo so‘nggi lahzada "Atletiko"da qolishga qaror qilgan edi.
Fikrlar