Zidan MYudan norasmiy taklif oldi

  • 25.09.2018 19:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" Madrid klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Manchester Yunayted"dan norasmiy taklif oldi. Bu haqda Tribalfootball nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra MYu rahbariyati 46 yoshli frantsiyalik mutaxassis bilan aloqada bo‘lib turibdi. Agar mankuanliklarning qayd etayotgan natijalari tez orada ijobiy tomonga o‘zgarmasa, Joze Mourinoning o‘rnini aynan Zidan egallaydi.

Ma’lumotlarga qaraganda “Manchester Yunayted” Zidanga yiliga 20 million evro maosh va’da qilmoqda. Aytish kerakki, amaldagi bosh murabbiy Mourinoning hozirgi maoshi ham aynan shunchani tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!